Agar transport vositangiz texnik jihatdan nosoz deb topilsa avtomobil raqami yechib olinadimi? 

Agar transport vositangiz texnik jihatdan nosoz deb topilsa avtomobil raqami yechib olinadimi? 

Texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi nosoz hisoblanadi va undan foydalanish man etiladi.

Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek, texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar DYHXX organlari tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi.

❗️Bunday transport vositasi oldingi texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunday holatda texnik holatni tekshirish faqat oldingi ko‘rikdan o‘tkazishda yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Transport vositasi oldingi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq bo‘lgan muddatda takroriy ko‘rikdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqdirda, texnik holatni tekshirish to‘liq hajmda o‘tkaziladi.

Asos: "Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 51 bandi

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#қоида