Almati ko‘chalarida odam yuzi va avtomobil davlat raqamini aniqlovchi kameralar o‘rnatiladi

Almati ko‘chalarida odam yuzi va avtomobil davlat raqamini aniqlovchi kameralar o‘rnatiladi

Almati shahar ma’muriyati mulk egalarining roziligi bilan odamlar gavjum joylarda «odamni taniydigan» videokameralar o‘rnatish va videonazorat olib borish qoidalarini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi, deb xabar beradi Kazinform.

Videokameralarni o‘rnatish va monitoring qilish qoidalari Qozog‘iston Respublikasining «Almati shahrining alohida maqomi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Loyiha doirasida yagona videomonitoring tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan. U videotahlilning situativ, odamlar va transport vositalarini aniqlash, odamlar yuzi va transport vositalarining davlat raqam belgilarini tanib olish kabi maqsadli vazifalarini bajaradi.

«Almati shahrining yagona videomonitoring tizimi – Almati shahrida videotasvirlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlashni ta’minlovchi dasturiy va texnik vositalar yig‘indisi bo‘lgan axborot tizimi hamda milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek, shahar muammolarini hal qilish uchun videotahlillarni yaratish funksiyalarini amalga oshirish videomonitoring milliy tizimining hududiy tarkibiy qismi hisoblanadi»
, - deyiladi hujjatda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!