Chevrolet Qozogʻistonning birlamchi avtomobil bozorida yetakchilikni tikladi

Chevrolet Qozogʻistonning birlamchi avtomobil bozorida yetakchilikni tikladi

Chevrolet avtomobillari yana Qozogʻistonda eng koʻp sotilgan mashinaga aylandi, deb yozadi Forbes.kz Qozogʻiston avtobiznes assotsiatsiyasiga (AKAB) tayanib.

Brend uch oylik pasayishdan soʻng oʻzining birinchi oʻrnini tiklab olishga muvaffaq boʻldi va bir oy ichida savdo hajmini 73,8% ga oshirdi. Birinchi chorakda yetakchi boʻlgan Hyundai reytingning ikkinchi qatoriga koʻtarildi.

Aprel oyida qozogʻistonliklar 3004 dona Chevrolet avtomobilini xarid qildi, bu 2021-yil apreliga nisbatan 13,3% ga koʻpdir. Ular yangi avtomobillarning oylik umumiy sotuvining deyarli uchdan bir qismini tashkil etdi. Cobalt yana bozorda eng talabgor modelga aylandi.

Birinchi oʻrinni Chevroletga boy bergan Hyundai-ning sotuvlari pasayib ketdi. Aprel oyida koreyalik ishlab chiqaruvchining 1802 dona avtomobili sotildi, bu bir oy avvalgidan deyarli ikki baravar kam. Oʻtgan aprel oyiga nisbatan talab 21,7% ga kamaydi.

Uchinchi oʻrinni 968 ta avtomobil sotgan holda Koreyaning yana bir brendi — Kia (oy uchun -23,7%) egalladi. Toyota unga 950 ta mashina (+37%) bilan yaqinlashdi. Atigi 798 dona (-36%) sotgan Lada toʻrtinchi oʻrindan beshinchi oʻringa tushib ketdi.

2021-yilda Chevrolet sotilgan avtomobillarning 24,8%i bilan Qozogʻistonda birinchi oʻrinni egalladi. Eng ommabop model Cobalt boʻldi, bu brend sotuvining deyarli yarmiga toʻgʻri keldi, ikkinchi oʻrinni Nexia egalladi.

Qozogʻiston UzAuto Motors kompaniyasining oʻtgan yilgi eksportining 93%dan ortigʻini tashkil qilgan. Shu bilan birga, dastlabki 9 oy davomida Qozogʻiston bozorining 96% ulushini band qildi. Xususan, bu holat kompaniyaga ishlab chiqarish hajmining pasayishini hisobga olgan holda ham foydani oshirish imkonini berdi.

Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, GMga boʻlgan qiziqish, boshqa narsalar qatori, avtomobillar taqchilligiga ham turtki boʻlgan. Bunga 2020−2021-yillarda yangi avtomobillarga talabning keskin oshishi, ishlab chiqarishning qisqarishi sabab boʻlgan.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#GM Uzbekistan