Elektromobillar istiqboli Lotin Amerikasida ko‘rinmoqda

Elektromobillar istiqboli Lotin Amerikasida ko‘rinmoqda

Lotin Amerikasi tabiiy boyliklari bilan doimo dunyoda mamlakatlarida qiziqish uyg‘otib kelgan. So‘nggi yillarda ayni qiziqish ortsa ortdiki, aslo kamaymadi. Zero, mintaqa a’anaviy sanoat uchun qazib olinayotgan resurslar ko‘pligidan tashqari, sanoatning yangi turi bo‘lmish elektromobilsozlik uchun ham xom ashyo zaxirasiga boy ekani ayonlashmoqda. Natijada mintaqa sanoati rivojlangan mamlakatlar, gigant korporatsiyalar yoki ekologik toza transport turlari ishlab chiqaruvchilar nigohini ohanrabodek o‘ziga qaratmoqda.

Ma’lumki, favqulodda og‘ir iqlim sharoitida hamda Ukrainadagi harbiy harakatlar tufayli dunyoda energetika inqirozi kechayotgan bir davrda dunyoning yetakchi davlatlari energetika manbalarini qidirishda muqobil yo‘llarni qidirishga majbur qilmoqda. Bu esa tabiiyki, ayrim foydali qazilmalarga talabni oshiryapti. Masalan, nikel, mis, grafen (grafitdan olingan supero‘tkazgich), ayniqsa elektromobil akkumulyatorining “yuragi” hisoblangan litiy bilan bog‘liq loyihalar juda tez sur’atda ilgari surilmoqda.

Карьyerы: понятие, характyerистики, опреdeления

Lotin Amerikasi bu jarayonda muhim rol o‘ynay boshlaydi, chunki yer yuzidagi mis zaxirasining 40 foizi  mintaqadagi uch davlat - Chili, Peru va Meksikaga to‘g‘ri kelarkan. Braziliya 17 foiz ko‘rsaktich bilan nikel va  grafen zaxirasi bo‘yicha Xitoy va Turkiyadan keyin dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Umuman, Boliviya, Argentina, Peru, Meksika, Braziliya va Chili sanab o‘tilgan moddalarning 68 foizidan ko‘prog‘ini jahon bozoriga chiqarishi mumkin.

 

Dunyoda litiy zaxirasi qancha?

Lotin Amerikasi Geosiyosat strategik markazi (Cyelag) tadqiqotchilari Tamara Laytman va Anibal Garsiya Fernandesning fikriga ko‘ra, kelgusida Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlari ushbu yangi texnologiya turkumida asosiy rol o‘ynashi mumkin. Birgina Chili shimolida Antofagasta port shahrida sayyoramizdagi jami aniqlangan litiy zaxirasining 16 foizi qayta ishlanadi. Dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilayotgan misning 54 foizi ham Chili hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda ushbu metallni ishlab chiqarish bo‘yicha 20 ga yaqin loyiha amalga oshirilmoqda -  bu kelgusi to‘rt yilda 19 milliard dollargacha investitsiya talab qiladi. 

Litiy для elektromobilей: в ФРГ buдут добыvaть его без ущyerба для природы?  | Анализ событий в политической жизни и обществе Гyerмании | DW | 23.07.2020

Ma’lumki, mis elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishda asosiy unsurlardan biri. Lotin Amerikasi va Karib dengizi iqtisodiy komissiyasi (ECLAC) tomonidan yaqinda e’lon qilingan tahlilga ko‘ra, bitta elektromobil ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan misning o‘rtacha miqdori an’anaviy ichki yonuv dvigatelli avtomobildagi ushbu metallning o‘rtacha og‘irligidan to‘rt barobar ko‘p (har biriga 20 kgdan) ekan. Mutaxassislar hisob-kitobicha, 2030 yilga kelib elektr transport vositalari ishlab chiqarish uchun misga talab, taxminan, 10 foiz ortadi. Binobarin, Lotin Amerikasida ham, dunyoning qolgan qismida ham haqiqiy ehtiros boshqa mineral, ya’ni litiy uchun jo‘sh urmoqda. 

So‘nggi paytda Lotin Amerikasi mintaqasida litiy qazib olishga qiziqish dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash va zaxirani baholash bilan kon aktivlarini sotib olish tufayli eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Shu bois tez orada Lotin Amerikasi Litiy Palatasini tashkil etish rejalashtirilgan.

АҚШ elektromobilлар uchun akkumulyatorлар ishlab chiqarishga 3 млрд dollar  ажратади – Kommers.uz

Litiy uchburchagini tashkil qilgan Argentina, Chili va Boliviya, tabiiyki, ayni yuksalishdan unumli foydalanish niyatida. Bu borada Argentina ancha faol harakat qilmoqda. Zero, mamlakat hududida 18 loyiha texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida turibdi, ikki ob’ekt allaqachon foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari Xitoy giganti Ganfeng Litium (yetakchi litiy-ionli akkumulyator metalli ishlab chiqaruvchi) Argentina shimoli-sharqida xom ashyo  qazib olish uchun zavod qurmoqda. Chilida AQSHning Albemarle kompaniyasi (elektr avtomobil akkumulyatorlari uchun litiy yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyalardan biri) litiy ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish maqsadida 500 million dollar sarmoya kiritib, yangi zavod ochdi. Boliviya 21 million tonnali dunyodagi eng ulkan litiy zaxirasiga ega. Eng yirik konlar Salar-de-Uyuni, Potosi mintaqasi va Nevados de Pastos Grandesda joylashgan. Ayni payt mamlakatda litiy karbonat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba-sinov zavodi mavjud bo‘lib, loyiha quvvati 15 ming tonnaga yaqin yana bir yirik ob’ekt qurilmoqda. Shuningdek, Boliviyada litiy-ionli batareya ishlab chiqaradigan korxona ochilishi kutilmoqda. 

Физические свойстva лития: плотность, теплопроводность, теплоемкостьMeksika shimolidagi Sonora shahrida joylashgan mamlakatdagi yagona mis konining 100 foiziga egalik qiluvchi Xitoyning Ganfeng Litium kompaniyasi kelgusi yil faoliyat boshlashni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarishning bir qismi AQSHdagi Tesla zavodiga, shuningdek, Osiyoga yo‘naltiriladi. Litiy batareya ishlab chiqaradigan mamlakatlarga, Xitoy, Yaponiya va Koreyaga yuboriladi. Hisob-kitobga ko‘ra, 2040 yilga kelib Lotin Amerikasining olti davlatida litiy eksporti yiliga 531 milliard dollardan oshadi. Masalan, Boliviya 210.719 milliard dollarlik litiy eksport qilsa, Argentina 193.477 milliardlik dollarlik ushbu qimmatbaho metal eksportyoriga aylanadi, Chilining ulushi ham yomon emas. Bu mamlakat jahon bozoriga 96.723 milliard dollarlik litiy sotadi. Meksika 17.071 milliard, Peru 88 milliard va Braziliya 4.464 milliard dollar miqdorida litiy eksport qilishni rejalashtirgan. Agar ushbu rejalar amalga oshadigan bo‘lsa, 2040 yilga kelib, litiy Boliviya, Chili va Argentinaning asosiy eksport mahsulotiga aylanadi. Binobarin, xorijiy yetkazib beruvchilarning umumiy eksport miqdoridan 81 foizini ushbu mamlakatlar ishlab chiqarishi mumkin.

Litiy metalл 99,96% мелкие куски цена, описание, виdeо и фото как выглядит

Ko‘rinib turibdiki, faqat neft yoki gaz xom ashyosi sotadiganlar davri o‘tyapti. Hademay, muqobil energiya iste’moliga to‘liq o‘tilsa, an’anaviy energetika mahsulotlari eksportchisi bo‘lib kelayotgan ushbu mamlakatlarning dunyo iqtisodiyotidagi mavqei ham o‘zgarishi mumkin va iqtisodiy sahnaga yuqorida nomi keltirilgan noyob xom ashyoga boy mamlakatlar chiqib kelishi shubhasiz.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.