Ferrari Purosangue uchun navbatga yozilish 500 000 dollarga sotiladi

Ferrari Purosangue uchun navbatga yozilish 500 000 dollarga sotiladi

Kompaniya katta shov-shuv tufayli yangi krossoverga buyurtmalar qabul qilishni to‘xtatadi. 

Tokiodagi premium avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi dilerlik markazlaridan biri bir necha kun oldin  namoyish etilgan yangi Ferrari Purosangue avtomobilini sotuvga qo‘ydi. E’londa ko‘rsatilishicha,  avtosalon  xaridorga yangi krossoverni birinchilardan bo‘lib xarid qilish imkonini beruvchi navbatning old o‘rinlaridan birini 500 00 dollarga sotib olishni taklif qilgan. Ushbu  mablag‘ ichiga yangi krossover narxi kiritilgan yo kiritilmagani hozircha noma’lum. 

Dilerlik korxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Purosangue 2023-yilning ikkinchi yarmida avtosalonga yetib keladi. Krossover haqidagi boshqa ma’lumotlar hozircha ochiqlangani yo‘q.  Serpul xaridor ushbu rusumning qanday jihozlanishi bo‘yicha oldindan taklif berishi ham mumkin. Shu bois Ferrari kompaniyasi hozircha yangi krossoverning narxiga aniqlik kiritganicha yo‘q.  Mutaxassislarning fikricha, yangi Purosangue krossoverining narxi  taxminan 400 000 dollar atrofida bo‘lishi mumkin. 

Italyan markasi  yangi krossoverga  buyurtmalar qabul qilishni  tez orada to‘xtatib qo‘yish ehtimoli ham yo‘q emas. Ommaviy shov-shuvlar fonida kompaniyaning savdo bo‘yicha direktori Enriko Galeraning xabar berishicha, talab taklifdan oshib ketmasdanoq kompaniya ushbu rusumni ishlab chiqarishni  to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Ayni paytda kompaniya yiliga 3 ming atrofida Purosangue krossoverini ishlab chiqarishni  rejalashtirgan.

Мавзу:

#Ferrari