Fisker bir quvvatlashda eng uzoq masofaga yuradigan elektromobil yaratmoqchi

Fisker bir quvvatlashda eng uzoq masofaga yuradigan elektromobil yaratmoqchi

Fisker Ronin elektromobilining ilk suratlari bilan bo‘lishdi.

Fisker bosh direktori Henrik Fisker Autocar’ga kompaniyaning maqsadi eng uzoq masofaga yuradigan elektromobil ishlab chiqarish ekanligini aytdi. Yaratuvchilarning ta'kidlashicha,elektomobilni  bir zaryadlashda quvvat zaxirasi 1000 km dan oshishi kerak. Bundan tashqari, Ronin noodatiy kuzov turini – yumshoq yig‘ma ustki to‘rt eshikli kabrioletni olishini ta’kidlash joiz. Modelning premyerasi 2023-yil avgust oyidan oldin bo‘lib o‘tishi kerakligi ma'lum qilindi.

Henrik Fisker yangi Ronin brendning texnologik vitrini va uning imkoniyatlarini namoyish qilishi kerakligini aytib o‘tdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi ultra-texnologik materiallardan foydalanish niyatida, ular tom va B ustunlari bo'lmagan taqdirda ham kuzovni yetarlicha qattiq qiladi.

Kabriolet g'ayrioddiy dizayndagi eshiklarni, aerodinamik elementlarni, shuningdek, kuzovning quvvat tuzilishiga birlashtirilgan innovatsion akkumulyatorlarni olishi kerak. Hozircha Fisker 1000 k quvvat zaxirasini qanday ta'minlash niyatida ekanligini aytmadi, chunki ilgari faqat kontsept bo'lgan va seriyali bo'lmaydigan Mercedes-Benz EQXX elektrokari bunday ko'rsatkichga erisha olgan edi.

Ronin kompaniyaning Ocean krossoveri va Pear kompakt modelidan keyingi uchinchi modeli bo‘ladi. 2025-yilga kelib avtomobil ishlab chiqaruvchisi to'rtinchi modelni ko'rsatishi kerak, 2027-yilga kelib esa ishlab chiqarilgan elektromobillarning umumiy hajmi 1 million nusxadan oshishi kerak.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!