Fuqaro YPX xodimini vidеoga olish vakolatiga egami?

Fuqaro YPX xodimini vidеoga olish vakolatiga egami?

JAVOB:

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 18-bandiga ko‘ra yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno) huquqiga ega


Endi qarang! Yuqoridagi Nizomning 2-bandiga asosan yo‘l harakati qatnashchisi deganda yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs hamda yo‘l harakati deganda odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui tushuniladi. 

Demak, piyoda yo‘lda harakatlanishi jarayonida YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!