Havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarish kuzatilmoqda!
Avval xabar qilinganidek, Respublikamizning barcha hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilmoqda. Bunday ob- havo sharoitida poyezdlar harakat xavsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarish kuzatilmoqda.
Xususan, bugun
Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 10- sonli Sharq poyezdi,
Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 768F-sonli ,
Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 769 hamda 769 sonli“Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari,
Xiva-Andijon yo‘nalishida harakatlanadigan 656 sonli, Xiva –Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 50-sonli hamda Toshkent- Qo‘ng‘iroq yo‘nalishida harakatlanadigan 54-sonli yo‘lovchi poyezdlari manziliga harakat jadvalidan kechikib borishi kuzatilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.