Haydovchilar tomonidan yo‘lkira narxlarining asossiz oshirilishi murojaatlarga sabab bo‘lmoqda

Haydovchilar tomonidan yo‘lkira narxlarining asossiz oshirilishi murojaatlarga sabab bo‘lmoqda

Transport vazirligiga 2022-yilning birinchi yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 4 ming 299 tasi qanoatlantirilgan.

3 ming 967 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan. 129 tasi esa taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. 316 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lib, 20 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 11 ta murojaat esa rad etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra,  mazkur murojaatlarning 6 ming 510 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali, 632 tasi og‘zaki, 135 tasi elektron va 1 ming 220 tasi yozma shaklda, 245 ta murojaat esa vazirlikning rasmiy veb-sayt orqali kelib tushgan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik va uning tizimiga hisobot davrida kelib tushgan murojaatlar va ularda keltirilgan masalalar tahlil etilganda, ularning aksariyati yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar sonining kamligi, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda karantin davrida sotib olingan aviachipta pullarini qaytarish masalasida bo‘lgan.

Shuningdek, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar tomonidan yo‘lkira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishi, noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarga chora ko‘rish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, fuqarolar Transport vazirligi 71-202-22-55 ishonch telefoni yoki 1167 qisqa raqamlari orqali murojaatlarini qoldirishi mumkin. Haftaning har payshanba kunida 15:00-17:00 ga qadar Transport vazirining shaxsiy qabul kunlari o‘tkaziladi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#муаммо