Ijtimoiy tarmoqlarda yangi BMW X3 krossoverining birinchi suratlari paydo bo'ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi BMW X3 krossoverining birinchi suratlari paydo bo'ldi

Auto.mail.ru nashri va mustaqil dizayner yangilangan BMW X3 modeli qanday ko'rinishda bo'lishini o'z renderlarida taqdim etdi.

G01 indeksli hozirgi BMW X3 krossoveri 2017-yildan beri ishlab chiqarilmoqda va shuning uchun ishlab chiqaruvchi keyingi avlod prototiplarini sinovdan o'tkazmoqda. Suratlar asosida Auto.mail.ru kelajakdagi BMW X3 ning render tasvirlarini ishlab chiqdi.

Yangilangan BMW X3 yangilangan X7 krossoveri kabi “ikki qavatli” faralarni olmasligi allaqachon aniq bo'lib ulgurgan. Katta ehtimol bilan, yangilikning old qismi yaqinda taqdim etilgan X1 ga o'xshash bo'ladi: burchakli bamper, LED optikasi, shuningdek, radiator panjarasining "burun teshigi" ning odatiy o'lchami. Yangi BMW X3 krossoverida tutqichlar eshiklar bilan bir xil yuzada bo'ladi va korpusning konservativ profili saqlanib qoladi. Mashinaning orqasida L shaklidagi chiroqlar va katta qora qo'shimchali katta bamper bo'lsihi kutilmoqda.

Yangi BMW X3 ning ichki qismi hali ham avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan yashirilgan, ammo u ham yangi X1 modeli uslubida ishlab chiqiladi: 2 gorizontal yo'naltirilgan displey bilan, iqlim nazorati bloki yo'q (barcha boshqaruv sensorli ekran orqali amalga oshiriladi).

Yangi BMW X3 krossoveri CLAR modulli arxitekturasi asosida ishlab chiqariladi, u ham ichki yonuv dvigatellari, ham elektr quvvat bloklari uchun mo‘ljallangan. Hozirgi BMW iX3 210 kilovatt (286 ot kuchi) elektr dvigatel bilan jihozlanga. Yangilik kuchli M-modifikatsiyalariga ham ega bo'ladi. BMW X3 ning yangi avlodi 1,5 yildan keyin debyut qilishi mumkin.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#BMW