Istanbulda Yevropaning eng tezyurar metrosi ochildi

Istanbulda Yevropaning eng tezyurar metrosi ochildi

Yakshanba kuni Istanbul aeroportiga boradigan yangi metro liniyasi ishga tushirildi. Bu Yevropadagi eng tezyurar metro, deb topilib, poyezdlar soatiga 90-120 kilometr soat tezlikda harakatlanadi. Bu haqda “Anadolu” agentligiga intervyu bergan Turkiya Transport vaziri Odil Karaismoilo‘g‘li ma’lum qildi.

Yangi metro liniyasi 34 kilometr bo‘lib, Kayitxona bekatidan yo‘lga chiqqan poyezd 24 daqiqada aeroportga yetib keladi. Yangi liniya ochilishi marosimida qatnashgan mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an “mazkur loyihaning ishga tushirilishi Turkiyaning butun dunyoga metro qurilishi ishida qudrati va imkoniyatini ko‘rsatdi”, deb bayonot berdi.

Kelajakda mazkur metro liniyasi Istanbulning Osiyo qismi bilan ham bog‘lash rejasi borligi ma’lum qilindi. O‘shanda mazkur metro liniyasi uzunligi 69 kilometrga yetib, kuniga 800 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Yangi Istanbul aeroporti 2019 yilda ishga tushirilgan. Aeroport qurilishi 2025 yilda to‘la bitirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 150 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Метро