Mast haydovchiga qanday jazo berish kerak?

Mast haydovchiga qanday jazo berish kerak?

Mast holda avtomobil boshqarish tez-tez uchraydi, ko‘p hollarda bu o‘limli fojia bilan yakun topadi. Haydovchilar mast holda rulga o‘tirganda qanday jazo olishi kerak? Nima qilsa shu ishni takrorlamaydi? 

Janubiy Koreyada mast haydovchi boshqaning o‘limiga sababchi bo‘lsa, umrbod qamalishi, Xitoyda otuvga hukm etilishi mumkin ekan. Moldova mast haydovchini o‘likxonada jamoat ishlarini bajarishga majbur qilarkan. Zora shu bilan ko‘zi ochilsa. 

Bu borada eng katta samara Yaponiyada kuzatilgan: 19 yilda yapon hukumati yo‘ldagi o‘lim holatini 62 foizga kamaytirgan. Yaponlar shunchalik qattiq kurashganki, haydovchi qonida 0,15 mg/l alkogol aniqlansa, qariyb 3800 dollar jarimaga tortadi, 3 yilgacha qamoq, shuningdek haydovchilik guvohnomasidan vaqtincha yo umrbod mahrum bo‘lish jazosi kutadi. 

Agar haydovchi aljirab, o‘z hushida bo‘lmasa, jarima summasi 7600 dollar, qamoq esa 5 yil. Mast haydovchining holatidan xabardor yo‘lovchilarga ham jazo bor. Unga ichimlik uzatgan, taklif etgan yo mast odamga mashinasini berib turganga ham jazo bor.

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!