Tesla narxi $150 mingni tashkil qiluvchi elektr yuk mashinalari uchun buyurtmalarni qabul qila boshladi

Tesla narxi $150 mingni tashkil qiluvchi elektr yuk mashinalari uchun buyurtmalarni qabul qila boshladi

Elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshlash esa 2023-yilga moʻljallangan.

Tesla 2017-yilda taqdim etilgan yarim elektr yuk mashinalariga oldindan buyurtmalarni qabul qila boshladi. Buyurtma uchun birinchi $5 ming toʻlovni amalga oshirgandan soʻng, pulni qaytarish mumkin, ikkinchi toʻlovdan keyin esa yoʻq, deb yozadi The Verge.

Yuk mashinasi toʻrtta mustaqil dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, 20 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi. Uning narxi $150 mingni tashkil etadi. Elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshlash esa 2023-yilga moʻljallangan.

Tesla birinchi marta Semi yuk mashinalarini 2017-yilda taqdim etdi va 2019-yilda ularni bozorga chiqarmoqchi boʻldi. Biroq ayrim sabablar bilan sanalar bir necha marta oʻzgartirildi. Mijozlar orasida PepsiCo, DHL, Walmart va boshqa ham kompaniyalar bor.

2021-yil yanvar oyida Ilon Mask Semi elektr yukmashinalarini ommaviy ishlab chiqarish kompaniya to oʻzining akkumulyatorlarini ishga tushirmaguncha toʻxtatilganini eʼlon qildi. Olti oy oʻtgach, Teslaʼning yuk mashinalar bilan ishlash boʻlimi rahbari Jerom Gilen kompaniyani tark etdi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Tesla