Teslaning «qotili» eng tez quvvatlanuvchi elektromobil chiqardi

Teslaning «qotili» eng tez quvvatlanuvchi elektromobil chiqardi

Teslaning «qotili» sifatida ko‘rilayotgan XPeng (Xitoy) kompaniyasi yaqinda o‘z avtopilot tizimini ishlab chiqqandi. Engadget yozishicha, xitoylik avtomobilsoz endi butkul yangicha elektromobili bilan hayratga solmoqda — G9 SUV.

XPeng kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, yangi elektromobil juda tez quvvat oladi — bunaqasi hali global bozorda yo‘q. G9 SUV 10 foizdan 80 foizgacha quvvat olishi uchun atigi 15 daqiqa kifoya. Mashina 5 daqiqa quvvat olsa 200 kilometr yo‘l bosishga yetadi.

Xitoyliklar ushbu natijaga 480 kVt quvvatlagich orqali erishishdi. Solishtirish uchun: AQShda maksimal ruxsat etilgan quvvat — 350 kVt, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning shashtini so‘ndirmoqda.