To‘liq tortuvchi avtomobillarning yutuq va kamchiliklari

To‘liq tortuvchi avtomobillarning yutuq va kamchiliklari

To‘liq tortuvchi avtomobillarning ustunligi va kamchiligi qanday holatlarda seziladi? Balki ularga qaraganda old ildamlovchi avtomobillar afzalroqdir? Yoki orqa  g‘ildiraklari tortuvchi avtomobillarmi? Ushbu avtomobillarning qaysi birini tanlagan ma’qul?

Bu kabi savollar yangi avtomobil tanlayotgan har bir avtohavaskorni  qiyin ahvolga tushirib qo‘yishi tabiiy. Chunki har qanday turdagi avtomobillar to‘g‘risida xaqiqiy ma’lumotlar kabi, ham ijobiy ham salbiy afsonalar mavjud va har bir haydovchi u yoki bu avtomobillar to‘g‘risida turli-tuman fikrlarni aytishi mumkin. Mazkur maqolamizda esa to‘liq tortuvchi avtomobillar to‘g‘risida  yetarlicha ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Avvalo quyidagi terminologiyaga yaxshilab tushunib olamiz. Qoida bo‘yicha to‘liq uzatmali avtomobillar ikkita rejimda ishlashiga ko‘ra farqlanadi: AWD va 4WD. Ular nimasi bilan farq qiladi. Birinchisi, to‘liq yoki avtomatik rejimlarda ishlaydigan to‘liq uzatmali hisoblanadi. Ikkinchi turdagi to‘liq uzatma esa qo‘l bilan qo‘shiladi va ajratiladi. Qo‘shib ajratiladigan to‘liq ildamlovchi avtomobil transmissiyasi ikkita rejimda ishlay oladi. Birinchisida, aylanma harakatni bir tekisda bitta osmaga uzatib beradi – qoida bo‘yicha orqa osmaga.

Shu sababli avtomobilning maksimal tezligi va boshqa xarakteristikalari oshadi. Ikkinchisi esa quvvatni ikkala osmaga ham bir vaqtning o‘zida yetkazib beradi, bu esa zarur holatlarda to‘rtala g‘ildirakning yo‘l yuzasi bilan tishlashishini oshiradi. Qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, aylanma harakat ma’lum miqdordagi shesternyalarga ega bo‘lgan differensial yordamida tarqatiladi. Zamonaviy to‘liq tortuvchi tizimlar 3 ta differensialdan iborat. Bu esa, hech qanday qarama-qarshiliksiz qulay harakatlanishni ta’minlagan holda quvvatni barcha g‘ildiraklarga bir tekisda tarqatish imkoniyatini beradi. Asosiy mas’uliyat (og‘irlik) markaziy differensial zimmasiga tushadi, chunki u aylanma harakatni tarqatadi va shu bilan bir vaqtning o‘zida, uni old va orqa differensiallarga uzatadi.

Istisno tarzida to‘liq tortuvchi tizimlarda shunaqa markaziy differensialning mavjudligi nazarda tutilmagan, shu sababli toza va quruq yo‘llarda ushbu turdagi avtomobillarni boshqarish unchalik qulay emas. Endi esa to‘liq tortuvchi avtomobilning kamchiliklari to‘g‘risida gapirishga navbat keldi. To‘liq tortuvchi tizim  boshqa turdagilarga qaraganda bir nechta ustunliklarni o‘zida birlashtirishiga qaramay, to‘liq uzatma bilan jihozlangan avtomobilni real holatlarda ayniqsa, murakkab yo‘l holatlarida boshqarish unchalik oson emas. Agar orqa ildamlovchi avtomobillar qaysidir holatda tezlikni kamaytirishni, old ildamlovchi avtomobil esa teskarisini, ya’ni tezlikni oshirishni talab qilsa, to‘liq uzatma unisini ham bunisini ham talab qiladi. Barchasi yo‘l bilan tishlashish darajasiga, harakatlanish tezligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi.

Shu sababli kritik holatlarda nima qilish kerakligini oldindan bilish juda murakkab. To‘liq tortuvchi avtomobil bir muddatda o‘zining vazminligini yo‘qotishi, shunday bo‘lishi to‘g‘risida hech qanday ogohlantirish bildirmasligi mumkin. To‘liq ildamlashning yana bir kamchiligi yoqilg‘ini ko‘p sarflashidir. Bu uzatmalar  qurilmasining o‘zi bilan bog‘liq jarayon. Bundan tashqari, to‘liq uzatmali tizimlar, texnik xizmat ko‘rsatishning va ta’mirlash ishlarining qimmatligi bilan farq qiladi. Albatta, xizmat narxiga avtomobil markasi va uning rusumi ham sezilarli ta’sir o‘tkazadi.

Shu bilan bir qatorda, har qanday to‘liq uzatmali tizim boshqalarga qaraganda ko‘proq qismlar va murakkab tuzilishga ega bo‘ladi. To‘liq uzatmali avtomobilning ustunlik tomoniga kelsak, ulardan eng ko‘rinarlisi – har qanday yo‘l holatlaridan o‘ta olish xususiyatidir.

Aynan shuning uchun bunaqa avtomobillarni sotib olishadi. Shu qatorda to‘liq tortuvchi avtomobillar, yo‘l qoplamasining holatiga e’tibor ham bermasdan, g‘ildiraklar ham buksirovka bo‘lmasdan joyidan qo‘zg‘alib ketish imkoniyatini beruvchi yorqin dinamikaga ega bo‘lishadi. Lekin yuqorida aytganimizdek, faqat tajribali haydovchigina avtomobildagi to‘liq uzatmaning barcha ustunligini to‘laqonli his qila olishi mumkin. Yakunida ta’kidlab o‘tish joizki, uzatmaning hech qaysi bir turi, u yoki bu holatlarda falokatdan to‘liq qutqara olmaydi. Bunday  holatlardan betalofat chiqish uchun haydovchining avtomobilni boshqarish tajribasi, holatlarni nazorat va tahlil qila olish hususiyati, sovuqqonligi katta ahamiyatga ega. Aynan ushbu faktorlar muhim ahamiyatga ega. Uzatma esa ko‘p holatlarda fakultativ hisoblanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!