Toshkentda 153 va 133-avtobus yo‘nalishlari harakati tashkil etildi

Toshkentda 153 va 133-avtobus yo‘nalishlari harakati tashkil etildi

"Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 1 dekabrdan boshlab 153-sonli — "Qibray ASHB" — Ekobozor yangi bog‘lovchi va Online GPS masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Qibray ASHB" bekatidan Alisher Navoiy, Qoramurt, U.G‘ulomov ko‘chalari orqali "Ulug‘bek markazi" bekatidan ortga qaytib, Rayhon, Haqiqat, Qoramurt, Temur Malik ko‘chalari orqali soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan.  

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan. 

Yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu rusumli avtobuslar asosida: ish kunlariga 5 ta, shanba va yakshanba kunlariga 4 ta etib belgilangan. 

Bundan tashqari, 30 noyabrdan yana bir yangi — 133-sonli avtobus yo‘nalishi ham o‘z faoliyatini boshlagan. 

Mazkur avtobus yo‘nalishi Yangihayot tumani Chortoq ko‘chasining "Chortoq" mahallasi oraliq bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yo‘ligacha bo‘lgan qismida qurilish-montaj va yo‘l ta’mirlash ishlari yakunlangani munosabati bilan tashkil etilgan. 

U 5-metro bekatidan Qipchoq ko‘chasi orqali Sputnik-16, Qo‘rg‘ontepa (Sputnik-12), Birodarlik, Davlatobod, Marg‘ib, Kanora, Chortoq, THAY yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.  

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#автобус