Toyota avtomobil sotish bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi. General Motors kuchli uchlikda

Toyota avtomobil sotish bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi. General Motors kuchli uchlikda

2021-yil oxirida Toyota konserni eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Yaponlar jami 10,49 mln dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda AutoNews xabar bermoqda.

Elektron komponentlar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, bu natija kompaniya uchun 2020-yilga nisbatan 10 foizga yaxshi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi – 8,3 mln avtomobil. Bu 2020-yildagidan 7 foizga kamroq. Birinchi uchlikni 6,29 mln dona avtomobil (-8 foiz) sotgan General Motors tugatdi. 

Shuningdek, dunyodagi eng yirik 5 ta avtomobil ishlab chiqaruvchilari qatoriga Stellantis (5,29 mln dona, +4 foiz) va Honda (4,12 mln dona, -6 foiz) kirdi.

Daromad bo‘yicha esa Toyota Volkswagen’dan hamon ortda qolmoqda. Nemislar 2021 -yilda 250 mlrd yevro, Toyota esa 238 mlrd yevro daromad oldi. Uchinchi o‘rinda Stellantis konserni — 149 mlrd yevro.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla’ning bozor kapitallashuvi 868 milliard dollarni tashkil etadi (2022-yil 16-mart holatiga ko‘ra). Bu Toyota kompaniyasidan (231 milliard dollar) deyarli to‘rt baravar ko‘pdir. 

Tesla o‘tgan yili atigi 930 ming dona elektromobil sotgan bo‘lsa, Toyota esa qariyb 10,5 mln avtomobil ishlab chiqargan. Bu Tesla’dan 10 barobarga ko‘pdir.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#Toyota#GM