“UNG-Petro” rahbari AYOQSHlarda yurib, ishchilar va mijozlar bilan muloqot qilmoqda

“UNG-Petro” rahbari AYOQSHlarda yurib, ishchilar va mijozlar bilan muloqot qilmoqda

2022-yilning 4-avgust kuni "UNG Petro" MCHJ direktori M.Musayev rahbarligida Toshkent shahridagi "Parkent' va "Qorasuv' nomli AYOQSHlarga tashrif buyurib, AYOQSH xodimlarining ish jarayonidagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda, hozirgi issiq ob-havo vaqtida AYOQSHning operator va yoqilg‘i quyuvchi xodimlariga maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlanganliklari, ularni navbatma-navbat dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ishchi-xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir so‘ngida, korxona rahbari shaxsan AYOQSHda kelgan mijozlar bilan ham suhbat o‘tkazib, AYOQSHdagi qulayliklar haqida ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, mijozlarning talab va takliflari hamda fikr-mulohazalari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

VIDEO

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!