Yo‘l-transport hodisasiga uchraganingizda nima qilish kerak?

Yo‘l-transport hodisasiga uchraganingizda nima qilish kerak?

Bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi:

Yo‘lovchilaringiz va boshqa ishtirokchilar xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak (agar bo‘lmasa, tez yordam chaqirish).

Favqulodda to‘xtash belgisini o‘rnatishingiz kerak.

Agar zarar jiddiy bo‘lmasa va haydovchining aybi bilan kelishmovchiliklar bo‘lmasa,  protokol tuziladi. 

Shundan so‘ng, protokolni sug‘urta kompaniyasiga yetkazish kerak bo‘ladi. Aybdor o‘z aybini yozma ravishda tan olishi kerak. 

Muhim❗️Agar zarar jiddiy bo‘lsa yoki siz aybdor bo‘lmasangiz va avtohalokatning ikkinchi ishtirokchisi o‘z aybini tan olmasa,  YPX xodimi chaqiriladi.

Hodisa joyini suratga oling yoki videoga oling. Suratda avtoulovlarning davlat raqamlari ko‘rinadigan bo‘lishi muhimdir.

Agar YTH sodir bo‘lgan joyda avtohalokatda aybdor bo‘lgan shaxs yo‘qolgan taqdirda yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan barcha harakatlarni bajarish va voqea to‘g‘risida YPX xodimiga xabar berish lozimdir.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!