Yo‘lovchi va yuk tashishga Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilasizmi?

Yo‘lovchi va yuk tashishga Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilasizmi?

a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;

jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma’lumotlar;

faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!