1-apreldan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi temiryoʻl qatnovi tiklanadi

1-apreldan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi temiryoʻl qatnovi tiklanadi

Ushbu poyezd Nukus vokzalidan haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stansiyasidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari joʻnatiladi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabariga koʻra, 2020-yil mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli qariyb butun dunyo mamlakatlarda xalqaro yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezd qatnovi toʻxtatildi. Ikki yillik cheklovlardan soʻng, qator davlatlar tomonidan yoʻlovchi poyezd yoʻlovchilari uchun chegaralarni bosqichma-bosqich ochish borasida saʼy-harakatlar amalga oshirila boshlandi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati va “Qazaqstan temir joly” MK" AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozogʻistonga birinchi yoʻlovchi poyezd harakati tashkil etadi. 2022 yil 1 apreldan boshlab Nukus — Beyneu — Nukus yoʻnalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu poyezd Nukus vokzalidan haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stansiyasidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari joʻnatiladi.

 

Boshqa qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl yoʻnalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!