3 million soʻmga baholangan haydovchilik guvohnomasi

3 million soʻmga baholangan haydovchilik guvohnomasi

Jizzax viloyati. Joriy yilning 28-aprel kuni 21 yoshli Yu.J. viloyat Ichki ishlar boʻlimiga ariza bilan murojaat qilib, unda oldindan tanish boʻlgan 25 yoshli R.M. haydovchilik guvohnomasi oʻgʻirlanmagan boʻlsada, “haydovchilik guvohnomamni sheriklaring oʻgʻirlab olgan” - deb aytib, goʻyoki uni oʻgʻirlanganligi boʻyicha IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu orqali ota-onasini ichki ishlar idorasiga chaqirtirib, ularni oldida sharmandasini chiqarishligini, yengil tabiatli ayollar bilan bogʻliq munosabatlari, ularga pul sarflayotganligi toʻgʻrisida ota-onasiga xabar qilishini roʻkach qilib, Yu.J. uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilish bilan uni qoʻrqitib, undan tovlamachilik yoʻli bilan 3.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni berishga majbur qilayotganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur ariza yuzasidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida, yuqoridagi shaxs Jizzax shahar "Sayiljoyi" mahallasi hududida joylashgan “SIMPLE” kafesi yaqinida arizachidan talab qilingan 3.000.000 soʻm pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan R.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bilan jazolanishi mumkin.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.