7-dekabrdan Air Arabia Abu Dhabi Toshkentga parvozlarni boshlaydi

7-dekabrdan Air Arabia Abu Dhabi Toshkentga parvozlarni boshlaydi

“Air Arabia Abu Dhabi” aviakompaniyasi 7-dekabrdan Abu-Dabidan Toshkentga muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi, deyaxabar bermoqda “WAM” axborot agentligi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari , Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Aviqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Abu-Dabidan uchish 08:15 — Toshkentga yetib kelish 12:45;
Toshkentdan uchish 14:05 — Abu-Dabiga yetib borish 17:00.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti “Air Arabia” aviakompaniyasi parvozlarini amalga oshiradigan 26-havo bandargohi bo‘ladi.

“Yangi reys mijozlarga O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi”, — dedi “Air Arabia Group” bosh direktori Adel Abdulla Ali.

Avvalroq “Wizz Air” aviakompaniyasi 2023-yil 25-yanvardan Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur aviaqatnovlar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

"Air Arabia" aviakompaniyasi 2003-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Osiyo va Yevropaning 170 dan ortiq davlatlariga parvoz qiladi.

 

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#самолёт