ABS tormoz tizimi avtomobilga qanchalik zarur va uni o‘zgartirsa bo‘ladimi?

ABS tormoz tizimi avtomobilga qanchalik zarur va uni o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Transport vositasini blokirovkaga qarshi tormoz tizimisiz boshqarish xavfli emasmi?

2020-yilda koronavirus infeksiyasi tufayli ko‘plab faoliyat doiralari qiyin vaziyatlarga tushib qoldi.

Uzoq vaqt davom etgan lokdaunlar tufayli elektron texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar katta qiyinchiliklarga ro‘baro bo‘ldi. Bu avtomobilsozlik sanoatiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi.

Ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar, xalqaro geosiyosiy muammolar ortidan yuzaga kelgan logistika zanjirlari uzilishlariga qaramay ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ymaslik uchun og‘ir qarorlarni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ayni vaqtda blokirovkaga qarshi tormoz tizimi yoki qisqa aytganda ABS muammosi kun tartibida turibdi. “AVTOVAZ” va “Chevrolet” kabi ishlab chiqaruvchilar ba’zi bir turdagi mashinalarini blokirovkaga qarshi tormoz tizimisiz ishlab chiqarishga ulgurdi ham.

ABS tizimi aslida nima uchun kerak?

ABS - g‘ildirak blokirovkasiga qarshi ishlash va sirpanchiq yo‘llarda boshqaruvni yo‘qotmaslik uchun mo‘ljallangan tizim. G‘ildiraklarni blokirovkaga tushishining yomon tomoni shundaki, g‘ildirak qotib qolishi ortidan kuzovga bo‘ysunmasligi va boshqa tomonga qarab harakatlanishi mumkin.

ABS tizimining vazifasi – g‘ildiraklardagi bosimni o‘zgartirish orqali tezlikni nazorat qilish. Soddaroq tushuntirganda, ABS odamga tormozni kuchliroq bosish shart emasligini ko‘rsatadi, shu sababli ham tormoz pedalida oyoqga nisbatan turtki seziladi. Buning ortidan mashina sekinlashadi, sekinlashish tezligi past bo‘lishi mumkin lekin mashina trayektoriyasi yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Blokirovkaga qarshi tormoz tizimi va uning mexanizmi nimalardan tashkil topgan?

ABS elektron boshqaruv blogi, mexanizmlarning gidravlik bajaruvchilari va g‘ildiraklarning aylanish tezligini o‘lchovchi moslamadan iborat. G‘ildiraklarning aylanish tezligini o‘lchovchi moslama g‘ildirak gupchakidagi (stupitsa) vaziyatni qayd qilib boruvchi tezlikni induksion datchiklar orqali aniqlaydi Bundan tashqari magnit maydonining kuchlanishi o‘zgarishlarini qayd etib boruvchi Xoll datchiklari orqali ham tezlikni aniqlaydi. Elektronika esa g‘ildirak aylanishi vaqtida obmotkada yuzaga keladigan elektr signallarini qabul qiladi, hamda g‘ildirak aylanishi chastotalari va to‘rtta datchikning ma’lumotlari o‘rtasidagi farqni aniqlashtiradi.

Agar signallarda uzilish kuzatilsa g‘ildirak blokirovkaga tushadi va qimirlashdan to‘xtaydi. Elektronika kolodkalarni orasini ochish buyrug‘ini beradi. Gidroblok tormoz suyuqligini magistral tarmog‘i orqali qorishtiruvchi elektromagnit klapanni ochadi va shu orqali bosimni pasaytiradi. G‘ildirak aylanishni boshlaydi va shu bilan birga haydovchida xavf paydo bo‘lishi bilan avariya va keskin vaziyatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Aksariyat zamonaviy mashinalarda ABS har bir g‘ildirakni intensiv tarzda to‘xtatishga mo‘lljallangan - EBD (Electronic Brake Distribution) tizimi bilan birgalikda ishlaydi. EBD bilan bemalol burilishlarda, manyovrlar vaqtida va hatto turli qoplamali yo‘llarda ham tormoz berish mumkin.

ABS tizimini birinchi qo‘llagan kopmaniya Mercedes-Benz uning afzalliklarini oddiy mashqlar bilan ko‘rsatib bergandi. Ikki avtomobil xavfli bo‘lgan muzli yo‘lga o‘xshash ho‘l va jips asfalt ustida ketadi. Eski kinotasmalardagi mavjud lavhaga ko‘ra ABS tizimisiz bo‘lgan mashina birdan tormoz berishi ortidan huddi uyqudan uyg‘onib ketganday taassurot qoldiradi, g‘ildiraklardan biri harakatlanishdan to‘xtaydi va rolga bo‘ysunishni to‘xtatadi, natijada bamperning burchagidagi halal berish uchun qo‘yilgan konuslarga qadaladi. ABS tizimiga ega boshqa avtomobil esa, boshqaruvni yo‘qotmagan holda yon tomonga pasayadi va katta og‘ish ortidan konusga yaqin joyda o‘rtacha masofada qoladi.

ABS tizimining ham minuslari bor

Blokirovkaga qarshi tormoz tizimi bekami-ko‘stdek taassurot qoldirishi mumkin, lekin uning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari mavjud va bu narsa avtomobilda buni sezdirib qo‘yadi, ayniqsa qish mavsumida.

AQSHdagi yo‘l harakati xavfsizligi sug‘urta insituti (Insurance Institute for Highway Safety, IIHS) mavsumlar bo‘yicha yo‘ldagi avtomobillar o‘rtasidagi ko‘ngilsiz hodisalarni analiz qilgan. Aniqlanishicha ABS tizimidagi avtomobillarda 0° haroratga yaqin iqlim sharoitida YTHlar soni odatdagidan 65% ga ko‘p bo‘lib chiqgan.

Ho‘l va muzli yo‘llarda tizim vaqtidan oldin ishga tushgan va natijada tormozni ushlash samaradorligi pasaygan, bu paytda esa g‘ildiragi bloklangan eski mashinalar yupqa muzni teshish orqali asfaltga yetib borgan va samarali tarzda to‘xtagan.

Elektronika muzning qolipi qanaqa darajada ekanligini aniq baholashga qodir emas. ABS tizimisiz eski avtomobil g‘ildirakni bloklanishi tufayli muzni yorib asfaltga yetib borsa, ABS tizimidagi mashinada g‘ildirak aylanishda davom etishi tufayli tezda to‘xtashga yo‘l qo‘yib bera olmaydi. Haydovchi pedaldagi tebranishni his qiladi va bosim ostidagi klapanlarning “tirillashini” eshitadi.

Xulosa qilsak, ABS tizimi yo‘q mashinalar ham o‘ziga yarasha holatlarda ustunliklarini namoyish qila oladi. Aniqrog‘i, qishki yo‘llarda g‘ildiragi bloklangan mashinalar o‘zi oldida muzli uyumni yig‘adi va shuning natijasida tezroq to‘xtay oladi.

Qaysi ishlab chiqaruvchilar ABS tizimisiz mashinalar ishlab chiqarmoqda?

Dunyodagi og‘ir geosiyosiy vaziyat tufayli ayni damda haydovchilar uchun birinchi galda kerak bo‘ladigan jixozlar va tizimlarni yetkazilishida logistika zanjiridagi uzilishlar muammo keltirib chiqarmoqda. Masalan, Rossiyaning “AVTOVAZ” kompaniyasi may oyidan boshlab o‘z mashinalarini ABS tizimisiz ishlab chiqara boshladi. Hozirda bu ro‘yxatga dunyoga mashhur “Chevrolet” kompaniyasi ham qo‘shildi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.