Agar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazsa va ular yarashsa haydovchi javobgarlikdan ozod etiladimi?

Agar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazsa va ular yarashsa haydovchi javobgarlikdan ozod etiladimi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasiga ko‘ra transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Endi qarang! MJtKning 21 prim 2-moddasiga binoan ushbu Kodeksning 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Demak, bu holat yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish deb nomlanadi. Agar haydovchi yuqoridagi holatda yo‘l harakati qoidasini buzsa ham jabrlanuvchi bilan yarashib, u ko‘rgan zararni to‘lab bersa hech qanday jarima ham to‘lamaydi hamda “prava”dan ham mahrum etilmaydi. 

Foydali ma’lumot. Saqlab qo‘ying.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.