Air Arabia kompaniyasi O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Air Arabia kompaniyasi O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Avvalroq, “Air Arabia” aviakompaniyasi 7-dekabrdan Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari , Airbus A320 samolyotida amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, loukoster keyingi yildan Samarqand yoki Buxoro shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

"Air Arabia" aviakompaniyasi 2003-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Osiyo va Yevropaning 170 dan ortiq davlatlariga parvoz qiladi. Bosh shtab-kvartirasi Sharja shahrida joylashgan.

Avvalroq “Wizz Air” aviakompaniyasi 2023-yilning 25-yanvaridan Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Мавзу:

#самолёт