Andijon viloyatidagi ko‘chalar uchun yangi harakat tezligi belgilandi
Andijon viloyati hududiga kirivchi shahar, tuman va mahallalardagi ayrim ko‘chalarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi belgilandi.
Viloyatning quyidagi hududlarida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida
- Andijon shahrining O‘zbekiston, Boburshox, Toshkent, Usmon Yusupov, A.Fitrat, Dukchi Eshon, Universitet, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Yu.Otabekov, Nayman, Cho‘lponshox va Soy ko‘chalarining taklif etilgan qismlariga;
- Andijon tuman Poloson mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-130 “Andijon xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 8-10-km.lar oralig‘i), Chem mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 154-156 km.lar oralig‘i), Mart mahallasi (mahalliy ahamiyatdagi 4N-1084 avtomobil yo‘lining 1-2 km.lar oralig‘i), Sanoat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Andijon shahar” avtomobil yo‘lining 81-83 km.lar oralig‘i), Sho‘ro mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Andijon shahar” 13-15 km.lar oralig‘i);
- Asaka tuman Imom Buxoriy ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Farg‘ona xalqa” avtomobil yo‘lining 161-165 km.lar oralig‘i), Umid ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 “Shaxrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.” avtomobil yo‘lining 20-24 km.lar oralig‘i);
- Baliqchi tuman Markazi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg‘ona xalqa yo‘li “avtomobil yo‘lining - 101-106 km.lar” oralig‘i) Chinobod shaharchasi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg‘ona xalqa yo‘li “avtomobil yo‘lining - 113-118 km.lar oralig‘i”);
- Buloqboshi tuman M.Ismoiliy ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-251 “Toshkent-O‘sh a/yo‘li-Buloqboshi q.” avtomobil yo‘lining 8-10 km.lar oralig‘i), tuman xududi orqali o‘tgan 4R 137 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-137 “Xo‘jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O‘qchi q.” avtomobil yo‘lining 4-7 km.lar oralig‘i);
- Bo‘ston tuman hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 393-396 km.lari oralig‘i, davlat ahamiyatidagi 4R128 Bo‘z sh.-O‘rmonbek q.-Baliqchi q. avtomobil yo‘lining 0-4 km.lari oralig‘i;
- Xo‘jaobod tuman xududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li (xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 441-443 kmlari oralig‘i) (Xayvonot bog‘i), tuman hududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li (A-373 “M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 453-455 kmlari oralig‘i) (Markaz);
- Izboskan tuman To‘rtko‘l mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo‘rg‘on sh.-Xaqqulobod sh.-Poytug‘ sh.-Andijon sh.” avtomobil yo‘lining - 67-68 km.lar oralig‘i), Oqoltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo‘rg‘on sh.-Xaqqulobod sh.-Poytug‘ sh.-Andijon sh.” avtomobil yo‘lining - 76-78 km.lar oralig‘i);
- Jalaquduq tuman 4R-249 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-249 “Quruqqayrag‘och q.-Janubiy Olamushuk sh.-Oxunboboyev sh.” avtomobil yo‘lining 20-22 kmlari oralig‘i), tuman hududidan o‘tgan 4K 72 avtomobil yo‘li (mahalliy ahamiyatdagi 4K-72 “Ko‘tarma q.-Oxunboboyev sh.-Qo‘rg‘ontepa sh.-Chimyon q.-Panjiqo‘rg‘on q.” avtomobil yo‘lining 9-11 kmlari oralig‘i), tuman hududidan o‘tgan 4R 248 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-248 “Andijon sh.-Janubiy Olamushuk sh.-Oyim q.-M-41avtoyo‘li” avtomobil yo‘lining 22-23 km.lari oralig‘i);
- Marhamat tuman davlat ahamiyatidagi 4R-138 “Shaxrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.” avtomobil yo‘lining 31-35 km.lari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-140 avtomobil yo‘li “Marg‘ilon sh.-Quva sh.-Marhamat sh.-Aravon q. avtomobil yo‘lining 51-53 km.lari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-137 avtomobil yo‘li Xo‘jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O‘qchi q. avtomobil yo‘lining 24-25 km.lari oralig‘i (O‘qchi qishlog‘i);
- Oltinko‘l tuman davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 133-135 km.lari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 122-123 km.lari oralig‘i (Qo‘shtepa markazi);
- Paxtaobod tuman To‘pobjuvoz mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R132 “Paytug‘ sh.-Qizil ko‘prik q.-Paxtaobod sh.-Bozorqo‘rg‘on q.” avtomobil yo‘lining - 20-24 km.lar oralig‘i), Madaniyat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-133 “Paxtaobod sh.-Madaniyat q.” avtomobil yo‘lining - 20-24 km.lar oralig‘i), Uchqo‘rg‘on mahalasi (4R-133 Paxtaobod shahriga kirish avtomobil yo‘lining - 5-20 km.lar oralig‘i);
- Qo‘rg‘ontepa tuman davlat ahamiyatidagi 4R-136 “Ko‘tarma q.- “Qorasuv-Xonobod” avtoyo‘li-Topolino q.” avtomobil yo‘lining 19-21 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-135 “Andijon sh.-Teshiktosh q.-Oyim q.-Qo‘rg‘ontepa q.-Jalolquduq q.-A-373 a/yo‘li” avtomobil yo‘lining 48-51 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-136 “Ko‘tarma q.-“Qorasuv-Xonobod” avtoyo‘li-Topolino q.” avtomobil yo‘lining 33-35 km.lari oralig‘i (Qorasuv sh. markazi);
- Shahrixon tuman Naynavo mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 “Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.” avtomobil yo‘lining 4-12 km.lar oralig‘i), Nazarmaxram mahallasi (4R-139 “12 km.lar oralig‘i), Vaxim mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Shaxrixon shahriga”avtomobil yo‘lining - “9-10 km.lar oralig‘i);
- Ulug‘nor tuman Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-127 “Marg‘ilon sh.-Soybo‘yi q.” avtomobil yo‘lining - “31-34 km.lar oralig‘i), Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-141 “Shtab q.-Ulug‘nor q.” avtomobil yo‘lining - “12-16 km.lar oralig‘i);
- Xonobod shahar Ichki yul Mustaqillik mahallasi Obod ko‘chasi 1 km. (Kashtan savdo markazi oldi), Anxor mahallasi I.Karimov ko‘chasi 3 km. oraliqqa harakat tezligini cheklash uchun 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (60 km/soat) yo‘l belgilari o‘rnatish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.