Avtomobil ishqibozlari uchun 8 ta oddiy va foydali maslahat

Avtomobil ishqibozlari uchun 8 ta oddiy va foydali maslahat

Ushbu maqolada biz avtomobil ihlosmandlari uchun foydali bo‘lgan oddiy layfhak va maslahatlarni aytib o‘tamiz. Ulardan ba’zilari mavsumiy bo‘lsa, ba’zilari esa har qanday ob-havo sharoitida ham sizga asqatadi.

Avtomobil optikalarini tozalash

Faralarni tish pastasi bilan tozalash juda oson va samarali. Birinchidan, bu tez, ikkinchidan, natija sizni yoqimli ajablantiradi - faralar porlaydi!

Kuzovdagi kichik chuqurchani qanday bartaraf etish mumkin

Avtomobil kuzovidagi kichik chuqurchalarni kuchli magnit yordamida bartaraf etish mumkin. Uni chuqurchaning ustiga qo‘yib, sekingina o‘zimizga tortamiz. Keyin magnitni kuzov qismi tekislangunga qadar deformatsiyalangan maydon bo‘ylab ketma-ket siljitish lozim. Biroq, esda tutingki, bu usuldan foydalanish sodda bo‘lishiga qaramay,  ehtiyotsizlik oqibatida siz bo‘yoq qatlamiga zarar yetkazishingiz ham mumkin. Shuning uchun, o‘z qobiliyatingizga ishonmasangiz, ta’mirlashni professionallarga topshirgan maqul.

E’tibor bering, ba’zi haydovchilar piston va quruq muz yordamida avtomobillardagi chuqurliklarni tuzatishga muvaffaq bo‘lishadi. Lekin har qanday holatda biz sizga mashinangizda bunday tajribalarni o‘tkazishingizni maslahat bermaymiz.

Oynalar terlamasligi uchun nima qilish kerak

Sovuq mavsumda  avtomobil oynalari terlashi barcha haydovchilarga noqulaylik tug‘diradi. Buning oldini olish uchun avtomobil oynalarini  sovun surilgan nam mato bilan artib oling.
Agar mashinaning old oynasi muz bilan qoplangan bo‘lsa uni oddiy osh tuzi yordamida tozalashingiz mumkin. Eritmani tayyorlash uchun bir stakan suvga 2 osh qoshiq tuz soling hamda eritma bilan muz erimaguncha oynaga surtib turing. Keyin oynani quruq mato bilan artib oling.

Dvigatelni vaqti-vaqti bilan yuving

Ha, bu ma’lum bir xavf bilan bog‘liq, shuning uchun siz o‘z ishini  samarali bajaradigan yaxshi mutaxassisni topishingiz kerak. Dvigatelni yuvish samarali emasdek tuyular. Aslida, bu juda muhim, chunki dvigatel pand bergan taqdirda o‘zingiz  suyuqlik  qaerdan oqayotganini osongina aniqlay olasiz.

Agar benzin miqdori nolga teng bo‘lsa, nima qilish kerak

Agar yoqilg‘i darajasi nolga tushib, mashina to‘xtab qolsa, eng yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchasiga borishning bir oson yo‘li bor. Odatda, mashina to‘xtab qolganda, benzin bakida hali ham 3-4 litr benzin qoladi. Biroq, nasos endi bu yoqilg‘ini yetkazib bera olmaydi. Kauchuk to‘p yoki qattiq plastik qop oling va unga bir litrga yaqin suyuqlik quying. Qopning oxiriga ipni bog‘lang. Tayyor bo‘lgan moslamani ehtiyotkorlik bilan bakga tushiring, arqonning bo‘sh uchini yonilg‘i  bakining qopqog‘iga mahkam bog‘lab qo‘ying. Shunday qilib, siz benzin darajasini oshirasiz.

Katta avtoturargohda avtomobilni qanday tezda topish mumkin

Albatta, hozir ba’zilar kuladi, lekin tasavvur qiling-a, notanish joylardagi katta avtoturargohlarda, masalan, notanish shahardagi megamarket yaqinida adashib, mashinasini topa olmayotganlar ko‘plab topiladi. Aftidan, ular mashina qoldirilgan joy raqamini ham eslab qolishgan, lekin u yo‘q... Shunday qilib, diqqatga sazovor joylarni eslab qolishga urinmaslik uchun, shunchaki mashina turgan joyni suratga oling.  Suratda avtomobil bilan birga yaqin atrofdagi unutilmas narsalar ham aks etishi kerak. 

Yorqin panellar

Uskunalar panelini tozalash uchun mebelga jilo beruvchi vosita juda mos keladi (agar siz maxsus avtokosmetikaga pul sarflashni xohlamasangiz). Panelga jilo beruvchi vositani  suring va quruq mato bilan artib oling.

Tungi sayohatlar

Agar tungi sayohatlar paytida o‘zingizni ishonchsiz his qilsangiz (bu tushunarli), tilingiz ostiga ingichka  kesilgan limon bo‘lagini qo‘ying, bu eski uslub  tungi ko‘rishni yaxshilashga yordam beradi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.