Avtomobilingizdagi konditsionerni qanday qilib to‘g‘ri ishlatish haqida bir nechta maslahatlar

Avtomobilingizdagi konditsionerni qanday qilib to‘g‘ri ishlatish haqida bir nechta maslahatlar

Konditsionerni yoqishdan oldin salonni 3 . . . 5 daqiqa davomida "ventilyatsiya" qilish(shamollatish).

Haydovchining yoki oldingi o‘rindiqdagi yo‘lovchining ko‘krak sohasiga sovuq havoni yo‘naltirmaslik. Sovuq havo old oynaga yoki yon oynalarga yoki yuqoriga ko‘tarilishi kerak.

Tashqi havo va konditsioner havosi o‘rtasidagi harorat farqi selsiy bo‘yicha 5 . . . 7 daraja atrofida bo‘lishi kerak.

Issiqda konditsionerni yoqqaningizdan so‘ng, haroratni o‘rtacha darajaga qo‘ying. Shundan so‘ng, uni asta-sekin kamaytirishingiz mumkin.

Konditsioner yoqilgan holda uzoq sayohatlarga chiqqaningizda salonni har yarim soatda yoki bir soatda ventilyatsiya(shamollatish) qilinishi kerak.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.