Avtotransport vositasi boshqa shaxsga o‘tganda "chiroyli" raqamni ham birgalikda sotib olish mumkinmi? 

Avtotransport vositasi boshqa shaxsga o‘tganda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 11.09.2017 yildagi "Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida" 683-sonli qarorining 27 bandiga ko‘ra avtotrasport vositasi raqami avtotransport vositasi egasining mulki hisoblanmasdan, ulardan qat’iyan maqsadli foydalanilishi uchun unga taqdim etiladi. 

Mazkur qarorning 32-bandiga ko‘ra avtotransport vositasi raqamini takroran berish faqat ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq bo‘lganda, shu jumladan RO‘DRBning hududiy kodiga, transport vositasining ro‘yxatdan o‘tish joyiga muvofiq bo‘lganda, shuningdek RO‘DRB berish uchun belgilangan tegishli to‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi. 

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shaxar YHXB xodimi bilan bog‘landim. 

Uning tushuntirishlari va yuqoridagi qaror mazmunidan kelib chiqib, sodda tilda aytganda avtotransport vositasi raqami bilan o‘zizga rasmiylashtirishiz ikki xil tartibda bo‘ladi. 

Birinchisi, siz foydalanayotgan raqam oddiy tarifda bo‘lsa, raqamning avvalgi egasi raqam foydalanishidan voz kechadi va siz o‘sha zaxoti, raqamni foydalanishga olishiz mumkin. Bunda, faqat transport vositasining ro‘yxatdan o‘tish joyiga muvofiq bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi. 

Ikkinchisi, raqam tarifi pullik tarifda bo‘lib, oddiy raqamlar ro‘yxatiga kirmasa, raqamning avvalgi egasi raqamni o‘zida saqlab qolishi mumkin. Raqam egasi raqamni o‘ziga saqlab qolmagan taqdirda raqam pullik tarifda bo‘lganligi bois auksionga chiqariladi va siz auksion orqali raqamni foydalanishga olishingiz mumkin bo‘ladi.

®️Mirzobek_ochilov

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!