BAA aeroportda uchar taksilarni joriy qilmoqchi

BAA aeroportda uchar taksilarni joriy qilmoqchi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabi aeroportlari odamlarni va yuklarni tashish uchun tik uchib-qo‘nadigan elektr taksilarni joriy qilishni rejalashtirmoqda, deyiladi aerovokzallar boshqarmasining ijtimoiy tarmoqda tarqatgan xabarida.

"Aeroportlar va Fransiyaning Groupe ADP kompaniyasi hamkorlikda Abu-Dabida Advanced Air Mobility elektr taksilari uchun yer ustidagi   infratuzilmalarni loyihalashtirish,  yaratish va foydalanish ishlarini olib boradi", – deyiladi xabarda.  

Boshqarmadan ma’lum qilinishicha, yaqin kelajakda yo‘lovchilar amirliklarning xalqaro aeroportlariga uchar elektr taksilarda kelib ketishi mumkin.  

Avvalroq OAE hukumati Dubayda bo‘lib o‘tgan Gitex Global xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasida uchar mototsikllarni namoyish qilgandi. Ushbu uchar transport vositalari Aerwins kompaniyasi va uning Abu-Dabidagi hamkori tomonidan 2023-yildan boshlab  ishlab chiqarilishi aytilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!