Benzin ishlab chiqarish hajmi 3,8 foizga oshgan

Benzin ishlab chiqarish hajmi 3,8 foizga oshgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 768,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. 

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga oshgan.

 2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:

— yanvarda – 97,8 ming tonna

— fevralda – 98,2 ming tonna

— martda – 92,6 ming tonna

— aprelda – 93,7 ming tonna

— mayda – 92,7 ming tonna

— iyunda – 87,7 ming tonna

— iyulda – 99,6 ming tonna

— avgustda – 106,2 ming tonna

Мавзу:

#бензин