Benzin narxi balandligi sababli britaniyalik taksi haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlashni boshladi

Benzin narxi balandligi sababli britaniyalik taksi haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlashni boshladi

Buyuk Britaniyadagi rekord darajadagi benzin narxi tufayli taksi haydovchilari va kasbi avtomobil haydash bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar ommaviy ravishda ishdan ketishni boshladi, deb yozadi The Observer gazetasi.

Qayd etilishicha, qo‘rg‘oshinsiz benzinning litri narxi 182,31 pensni (130 rubl) tashkil etgan, o‘rtacha oilaviy avtomobilning to‘liq baki esa 100 funt sterling (7129 rubl) turadi. Maqola muallifining ta’kidlashicha, ba’zi britaniyaliklar yoqilg‘iga haftasiga 350 funt sterlinggacha pul sarflashadi.

"Biz ushbu sohalarning ko‘pchiligida katta kadrlar etishmasligini ko‘rayotganimiz ajablanarli emas, narxlar o‘sishda davom etar ekan, vaziyat yanada yomonlashadi", — deydi GMB Union rahbari Geri Smit.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Milliy sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari, uyda parvarishlash bo‘yicha mutaxassislar, taksi haydovchilari va ishga borishi shart bo‘lgan boshqa xodimlarning faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun ularga moliyaviy ko‘mak berilishi kerak.

AQSH moliya vaziri Janet Yellen avvalroq Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar tufayli G‘arbning Rossiyaga qarshi qo‘ygan sanksiyalari Amerika bozorida oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining oshishiga sabab bo‘lganini tan olgandi. Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlardagi yoqilg‘i narxi bilan bog‘liq vaziyat qisqa muddatda yaxshilanmasligini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, "New York Times" gazetasida tashkil etilgan muhokamada ekspertlar Amerika iqtisodiyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan retsessiya haqida ham gapira boshlashgan.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#бензин