Buxoroda xalqaro ahamiyatdagi yo‘l foydalanishga topshirildi

Buxoroda xalqaro ahamiyatdagi yo‘l foydalanishga topshirildi

Buxoroda Yangi yil bayrami arafasida xalqaro ahamiyatdagi A-380 “Buxoro halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 0-16,5 kilometr qismi qurilishining 2-bosqichi yakunlandi va mazkur yo‘l foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xalqaro talablarga to‘la javob beradigan milliy avtomagistral barpo etish, uni dunyo yo‘llariga tutashtirish, avtotrassalar bo‘yida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratilayotgani haqida ta’kidlashdi.

O‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, mamlakat avtomobil yo‘lining ulkan arteriyalaridan hisoblangan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro avtomobil yo‘lida ham shu kunlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. A-380 “Buxoro halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 8,8-16,5 kilometr qismini ta’mirlash uchun Investitsiya dasturi asosida 96 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Barcha talablarga javob beradigan yo‘lning eni 19,1 metrni tashkil etadi. Mazkur yo‘l qurilishida “Olmazor tajriba mexanika ta’mirlash yordamchi korxonasi”ning 100 nafardan ziyod quruvchi-muhandislari 50 tadan ziyod zamonaviy texnika kuchidan foydalanildi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!