BYD HAN EV 2 WD- Salobatni sevadiganlar uchun

BYD HAN EV 2 WD- Salobatni sevadiganlar uchun

Yurtimizda elektromobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi avtosalonlar  soni kundan-kunga  ko‘payib bormoqda. Ulardan dunyodagi mashhur ishlab chiqaruvchilarning turli rusumdagi elektromobillarini xarid qilishingiz mumkin.  Saytimizning youtubedagi kanalida  ushbu elektromobillarning sharhini muntazam berib bormoqdamiz. Poytaxtimizdagi SST MOTORS avtosalonida  o‘z xaridorini kutayotgan BYD HAN EV 2 WD elektrosedani  aynan salobatni sevadigan  avtoishqibozlar uchun.

Elektromobil tarixi

2019-yilning aprel oyida  BYD e-SEED GT gibrid superkarining   konsepti  taqdim etilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay 2020-yilning 21-30-aprel kunlari Pekinda o‘tkazilgan avtomobil shousida   yangi HAN rusumining   2 xil ya’ni gibridli va elektromobil modifikatsiyalari namoyish etildi.  2020-yilning dekabr oyida esa  dastlabki xorijiy bozor bo‘lgan  O‘zbekistonga ya’ni yurtimizga  yetkazib berila boshlandi.

Tashqi ko‘rinishi

Elektrosedanning tashqi ko‘rinishi bir qarashda Tecla S Plaidni  yodingizga solsa-da,  u o‘zining noyob  qiyofasiga ega.  Elektromobilning old qismi   xromdan ishlangan soxta radiator panjarasi  va diod yoritgichli chiroqlari bilan  alohida ajralib turadi.  Shuningdek  uning old va orqa bamperlari ham takrorlanmas uslubda ishlangan. Old bamperning ikki chetida  aeerodinamikaga  katta hissa qo‘shuvchi uchburchak  tuynuklar mavjud.

Elektromobil kuzovining gabarit o‘lchamlari: 

Uzunligi  4980                    Eni  1920    Balandligi 1495                

Ichki ko‘rinishi

BYD HAN EV 2 WD saloni   minimalizm va  funksionallikni o‘zida birlashtirgan bo‘lib  ichki bezaklarning barchasi  qimmatbaho materiallardan ishlangani bilan kishi diqqatini o‘ziga tortadi. 
Salonda dastlab ko‘zingiz tushadigani bu uskunalar panelidir.  Uskunalar panelida o‘lchami 12 dyuym bo‘lgan  displey joylashgan.  Uning  markazida  harakatlanish tezligi to‘g‘risidagi, har ikki chetida bosib o‘tilgan masofa  va akummulyator quvvati haqidagi ma’lumotlar aks etib turadi.

Displeyning yuqori qismida esa haydovchi tanlagan tezlik rejimi  namoyon bo‘ladi. 
Uskunalar panelining markazini esa  multimedia tizimining kattagina  displeyi  egallagan bo‘lib uning yon tomonlarida  diodyoritkichli  chiziqlar mavjud.  Uning pasti esa funksional blok hisoblanib bu yerda transmissiya joystigi, harakatlanish  rejimini nazorat qilish va boshqa  funksiyalarni bajaruvchi tugmalar  joylashgan.

Axborot ko‘ngilochar tizimi Android  tizimi bazasida qurilgan. Ushbu qurilma  8 yadroli protsessor va 3 gbli  operativ xotiraga ega.  Suyuq kristalli  displeyning o‘lchami  15,6 dyuym bo‘lib, Bluetooth va Wi-Fi  bilan hamohang ishlaydi. Shuningdek haydovchiga yordamlashuvchi DePilot tizimi ham mavjud.  Elektromobil yukxonasi sig‘imi 500 litrni tashkil etadi.

Elektromobil saloni 5 kishiga mo‘ljallangan. O‘rindiqlar uchun sifatli Nappa charmidan foydalanilgan. Juda qulay va hashamatli ishlangan o‘rindiqlar sizga elektromobilning haqiqiy biznes toifasiga mansub ekanini anglatib turadi.

Elektromobilning tezligi

Ushbu elektromobilning eng yuqori tezligi 185 km/sni tashkil etadi. 100 km/s tezlikka esa bor yo‘g‘i 3,9 soniyada erisha oladi. Bunday tezkorlikka erishish nafaqat  kuchli dvigatel tufayli, balki  yuqori samarali  invertorning mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. U kremniy karbididan tayyorlangan bo‘lib energiya quvvatini  58% gacha ko‘tarib beradi.

Akkumulator va bosib o‘tish masofasi

Elektrosedan kuzovining pastki qismida litiy-temirdan ishlangan Blade Battery akkumulatori joylashgan.  U kompaniyaning tajribali ishchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib xavfsizligi,   xavfli vaziyatlarda ham yonib ketmasligi va foydalanish muddatining uzoqligi bilan  o‘z raqobatchilaridan ancha ustunlikka ega.

Osmalar va transmissiya

Transmissiya sifatida burash lahzasini barcha g‘ildiraklarga  to‘g‘ri  va samarali taqsimlash imkonini beruvchi 1-bosqichli reduktordan foydalaniladi.  Old osmaga  vaqt sinovidan o‘tgan  MakFerson  stoykalari o‘rnatilgan. Orqa osma esa  mustaqil ko‘p richagli.  Osmalar  turli zarba va  tebranishlarga barham berish orqali  notekis yo‘llarda ham o‘zingizni xuddi trassada harakatlanayotgandek his qilishingizga imkon beradi. Maktab va bog‘chalar yonida  yo‘llarda o‘rnatish urf bo‘lgan sun’iy notekislik (lejachiy politseyskiy) lardan uncha sekin bo‘lmagan tezliklarda ham o‘tish muammo emas.

Rul boshqaruvi va tormoz tizimi 

Rul chambaragi elektrokuchaytirgich yordamida ishlaydi. Shu bois avtomobilni boshqarish juda yoqimli. Brembo tormoz tizimi esa sizni hattoki yuqori tezlikda ham samarali va xavfsiz to‘xtay olishingizga imkon beradi. Elektromobil ABS, EBD, BAS, ESP, TCS kabi zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan ham jihozlangan. Elektromobil 3 ta modifikatsiyada (Luxury, Premium, Flagship)  ishlab chiqarilgan bo‘lib, Nissan Leaf, Tesla Model S, Xpeng P7, Porsche Taycan 4Slar bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Jadvalda BYD HAN EV ning to‘liq tortuvchi  raqobatchilari bilan  texnik xarakteristikasi taqqoslangan

Rusumi

BYD HAN EV

 (Flagship)

Porsche Taycan 4S

Tesla Model 3

Dvigatel quvvati

495 о.k.

530 о.k.

480 о.k.

Akkumlyator sig'imi

76,9 kVt*s

79,2 kVt*s

75 kVt*s

To'la quvvat bilan bosib o'tiladigan masofa

650 km

407 km

500 km

Eng yuqori tezligi

185 km/s

250 km/s

250 km/s

100km/s tezlikka erisha oladigan vaqt

3,9 soniya

4 soniya

3,5 soniya

 

BYD HAN EV 2 WD avtomobilining to'liq obzorini ushbu manzil orqali ko'rishingiz mumkin: VIDEO

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#BYD