BYD O‘zbekistonda uchta modelni ishlab chiqaradi (foto)

BYD O‘zbekistonda uchta modelni ishlab chiqaradi (foto)

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Xitoyning BYD rusumli avtomobillari modellari ma’lum bo‘ldi.

Motor.ru saytining Investgo‘ga tayanib bergan xabariga ko‘ra, BYD uchta modelni ishlab chiqaradi: Chaser 05 (Xitoyda Destroyer 05) gibrid sedani, Han elektromobili va Song krossoveri.

BYD Chaser 05 - 180 yoki 197 ot kuchiga ega elektr motoriga ega bo‘ladi, akkumulator quvvati 8,3 dan 18,3 kilovatt-soatgacha, to‘liq zaryadda bosib o‘tadigan yo‘li 55 dan 120 kilometrgacha. Xitoyda ushbu modelning narxi 121,8 ming yuandan boshlanadi, bu 203,5 mln so‘mga teng.

BYD Han elektromobili bir dvigatel (245 ot kuchi) va ikkita dvigatel (517 ot kuchi) bilan taklif etiladi. Akkumulator quvvati 64,8, yoki 85,4 kilovatt-soatni tashkil etadi, quvvat zaxirasi esa versiyaga qarab 610 dan 715 kilometrgacha o‘zgarib turadi. Uning narxi 645 mln so‘mdan boshlanadi.

BYD Song ikkita versiyaga ega: gibrid DMi va elektrik EV. Birinchisi ichki yonuv dvigateli va bitta elektr motorli (180 yoki 197 ot kuchi), shuningdek, 163 ot kuchiga ega qo‘shimcha elektr motorli bo‘ladi. Umumiy quvvati 428 ot kuchini tashkil qiladi. Ikkinchisi 184 ot kuchiga ega elektr motorli, 71,7 kilovatt-soat quvvatga ega akkumulatorli, bir zaryadi 505 kilometrga yetadi. Narxi 499 mln so‘mdan boshlanadi.

O‘zbekistonda BYD avtomobillarini yig‘ish fevral oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Har uchala modelning multimedia tizimi uch tilga, o‘zbek, rus va ingliz tillariga tarjima qilinadi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#BYD