"Captiva 5" masalasida "Antimonopoliya"ning qo‘li baland kelmoqda

Monopoliyaga qarshi qurashish qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlari bo‘yicha maxsus komissiyasi fuqaroga "Captiva 5" avtomobilini yetkazib berish va penya to‘lash haqida qaror qabul qilib, "Sitora avto savdo" MCHJga ijro etish uchun ko‘rsatma qilib yuborgan edi. 

"UzavtoMotors"ga ushbu MCHJ Savdo sanoat palatasi orqali bu qaror ustidan sudga ariza kiritgan. Biroq bu safar sud uning arizasini qanoatlantirishni rad qilgan.

Agar qaror qonuniy kuchga kirsa diler qanday bo‘lmasin "Captiva 5" avtomobilini fuqaroga yetkazib berishiga to‘g‘ri keladi. Biroq qonunlarni tan olmay, iste’molchilarni oyoqosti qiladigan, Prezident topshiriqlarini ham  bajarmaydigan monopolist O‘zbekistonda sud qarorlarini tan oladimi yo‘qmi hamma gap shunda. Ko‘ramiz...

Ma’lumot uchun: «UzavtoMotors» bir guruh dilerlar orqali fuqarolarning ishonchiga kirib,
«Captiva 5» avtomobillari uchun oldindan pul olib, avtomobillarni yetkazib bermagan.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#Captiva