“Captiva 5T” masalasidagi yana bir yolg‘on 

“Captiva 5T” masalasidagi yana bir yolg‘on 

“Captiva 5T” bo‘yicha sudda  “UZAUTO MOTORS” AJ vakili “Captiva 5T”ni yetkazib bermaganining sababi ushbu avtotransport O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydi, degan vaj keltirgan.

Biroq Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Captiva 5T” rusumli LT7 (CN202s) avtotransport vositasiga 2539518-raqam bilan qayd etilgan muvofiqlik sertifikati bergan ekan.  Ya’ni, “Captiva 5T” rusumli LT7 (CN202s) avtotransport vositasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori talablari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tabiiy iqlim sharoitlariga mos kelishi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan.

Biroq kompaniya bunga ham ko‘z yumib, ochiqchasiga “Captiva 5T” O‘zbekiston iqlim sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘zlari yasagan xulosa bilan hammani  ishontirmoqchi.

Shu munosabat bilan biz Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktoriga holat bo‘yicha tushuntirish berishni so‘rab deputatlik so‘rovi kiritdik. 

Ko‘ramiz yolg‘onning umri qancha ekan?

Deputat Rasul Kusherbayev

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!