Fransuz avtomobillari "UzChasys" o'zbek faralari bilan jihozlanadi

Fransuz avtomobillari

“O‘zavtosanoat” AJ tuzilmaviy korxonasi Namanganda avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi “UzChasys” kompaniyasi Fransiyaning Stellantis kompaniyasiga qarashli Peugeot Partner avtomobillariga faralar yetkazib berishni boshladi

Shunday qilib, kompaniya o'z mahsulotlarini yetkazib berish geografiyasini endilikda Fransiya bilan kengaytirdi. Kuni kecha 23-iyun kuni avtomobil faralarining birinchi partiyasi Fransiyaga yuborildi. 

Ta’kidlash joizki, 2021 yil davomida kompaniya umumiy daromadlarining qariyb uchdan bir qismi eksportga to'g'ri kelgan, bu esa qariyb 8,5 million dollarni tashkil etadi.

“UzChasys” MCHJ QK – Markaziy Osiyodagi avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona hisoblanadi. U Uzauto Motors (O‘zbekiston), Renault-Avtovaz (Rossiya) va PCMA Rus (Rossiya) konveyerlariga mahsulot yetkazib beradi. Korxona Chevrolet, Lada, Niva va Peugeot brendlari uchun faralar ishlab chiqaradi.

Korxona 2009-yilda Namangan viloyatida tashkil etilgan. Bugungi kun bo’yicha xodimlar soni 638 kishini tashkil etadi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!