Futurik Sedric – Volkswagenning kelajakdagi avtonom avtomobilidir

Futurik Sedric – Volkswagenning kelajakdagi avtonom avtomobilidir

Bugungi kunda avtonom avtomobillar g’oyasi ommalashmoqda. Hattoki taniqli avtobrendlar ham ushbu g’oyani e’tiborsiz qoldirmadilar va avtomatik tarzda boshqariladigan mashinalarni taqdim qildilar. Shular qatorida Volkswagen kompaniyasi ham boshqaruv rulisiz, yo’lovchilar uchun qulay va xavfsiz bo’lgan avtomobilni namoyish qildilar.
 

Volkswagen Group kompaniyasi o’zining Sedricnomli kelajak futuristik avtonom transport vositasining kontseptsiyasinitarmoqda e’lon qildi. Ushbu mashinada belgilangan joyga yetib olish uchun haydovchidan o’rindiqqa joylashib olib, kerakli tugmalarni bosish talab qilinadi, xolos. Shundan keyin xotirjamgina dam olgan holda manzaralarni tomosha qilib yoki kitob o’qishi, musiqa tinglashi, telefonda suhbatlashishi va yo’lidadavom etishi mumkin.

 
 

Auto Shanghai 2017 ko’rgazmasida Volkswagen o’zining avtonom kontsept-karining real nusxasini namoyish etdi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgandek, mashinaning kabinasidan yo’lovchilar qulayligi uchun barcha boshqaruv moslamalari olib tashlangan bo’lib, faqatgina navigatsiyalar bilan jihozlangan.

 
 

VW Group Cedric avtonom avtoni yo’lovchi uchun imkon boricha qulay qilish tarafdori, shunchaki joylashib olib, kerakli tugmani bosib, istalgan joyiga boraversin. Ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona smart-soatlar ishlab chiqaruvchi Mobvoi kompaniyasi bilan sheriklik qilishihaqida ma’lum qildi.

 
 
 

Ularning maqsadi Sedric hamda VW ning kelajakda ishlab chiqaradigan boshqa avtomobillari uchun ham “aqlli” interfeys yaratishdir. Hozircha bu avtomobil shunchaki yangi g’oya xolos, kelajakda uning keng foydalanishgatopshirilishi noma’lum.

 
 
 
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!