Havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarish kuzatilmoqda!

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarish kuzatilmoqda!

Avval xabar qilinganidek, Respublikamizning barcha hududlarida  havo harorati keskin ko‘tarilmoqda. Bunday  ob- havo sharoitida poyezdlar harakat xavsizligini ta’minlash maqsadida  ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarish kuzatilmoqda.

Xususan, bugun

Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 10- sonli Sharq poyezdi, 

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 768F-sonli ,

Buxoro-Toshkent  yo‘nalishida harakatlanadigan 769 hamda 769 sonli“Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari,

Xiva-Andijon yo‘nalishida harakatlanadigan 656 sonli, Xiva –Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 50-sonli  hamda Toshkent- Qo‘ng‘iroq yo‘nalishida harakatlanadigan 54-sonli yo‘lovchi poyezdlari manziliga harakat jadvalidan  kechikib borishi kuzatilmoqda.

      “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#поезд