Haydovchi odam urib yubordi. Unga «qamoq» jazosi beriladimi?

Haydovchi odam urib yubordi. Unga «qamoq» jazosi beriladimi?

Avariya holatida jabrlanuvchi da'vo qilmasa, haydovchiga qanday chora ko‘riladi? Axloq tuzatish ishlarimi? Yoki ozodlikdan maxrum qilishmi?

📌JKsining 266-moddasi 1-qismiga ko‘ra transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi

📌Mazkur moddaning 2-qismiga ko‘ra o‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📍Ammo, JKning 66 prim 1-moddasiga ko‘ra, ushbu Kodeks 266-moddasining 1-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD ETILISHI MUMKIN. 

📍Sud JKning 55-moddasida nazarda tutilgan «aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish»ni inobatga olib, sizning harakatlaringizni jazoni yengillashtiruvchi holat deb topib yengilroq jazo tayinlashi yoki JKning 57-moddasiga ko‘ra jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.