Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qigan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qigan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tumani bo‘limi, viloyat IIB  xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.A., I.I. va M.R. fuqaro I.I.ni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.X. fuqaro A.P.ni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘ladigan imtihondan go‘yoki Ichki ishlar organlarida ishlovchi tanishi yordamida o‘tkazib qo‘yish evaziga 2,2 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 2 mln so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Sh. fuqaro S.K.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yish evaziga 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi departament xabarida.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!