Haydovchilik guvohnomasini qanday qilib onlayn almashtirish mumkin

Haydovchilik guvohnomasini qanday qilib onlayn almashtirish mumkin

30-yanvardan Yagona portal orqali xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lib, bunda 210 ming so‘m miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

2022-yilning aprel oyida eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgandi:

2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yilning 31-martigacha;
2010−2012 yillarda berilganlari — 2023-yilning 30-iyunigacha;
2013−2015 yillarda berilganlari — 2023-yilning 30-sentyabrigacha;
2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yilning 31-dekabrigacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Endi 30-yanvardan Yagona portal orqali eski haydovchilik guvohnomalarini onlayn almashtirish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi portalda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda arizada shaxsiy va haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlarini kiritishi kerak.

Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi.

Undan keyin kompyuter yoki mobil telefon yordamida shakllangan yangi haydovchilik guvohnomasiga imzo chekadi.

Agar rasmdan foydalanishni rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga borish mumkin.

Xizmatdan foydalanish pullik bo‘lib, Yagona portal orqali topshirilganda to‘lov miqdori 210 ming so‘mni tashkil etadi.

Hujjatni arizada belgilangan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib olib ketish yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali 2 ish kunida qabul qilib olish mumkin.

Yagona portal orqali ariza yuborilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazlariga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilish kerak:

fuqarolik pasporti;
eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi.
Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!