IIB xodimi qanday holatlarda rеzina tayoqdan foydalanishi mumkin?

IIB xodimi qanday holatlarda rеzina tayoqdan foydalanishi mumkin?

☑️ "ICHKI ISHLAR ORGANLARI TO‘G‘RISIDA"gi Qonunga ko‘ra ichki ishlar organi xodimi quyidagi holatlarda rezina tayoqlarni qo‘llash huquqiga ega:

👉 fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

👉 jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;

👉 ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;

👉 jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;

👉 qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;

👉 zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;

👉 fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yishda;

👉 muhofaza qilinadigan ob’ektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yishda.

🔸 E’tibor bering! Bunda odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi (ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno).
═══════════════════
☝️Demak, ichki ishlar organi xodimi agar shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa uning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari aniqlangan holatlardagina rezina tayoqlarni qo‘llash huquqiga ega.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!