Ikkilamchi bozorda avtomobil narxiga ta’sir etuvchi omillar

Ikkilamchi bozorda avtomobil narxiga ta’sir etuvchi omillar

O‘zbekistonda 3 milliondan ortiq yengil avtomobillar mavjud bo‘lib, ikkilamchi bozorda har yili 2 milliard dollar mablag‘li 400-500 mingtagacha bitimlar amalga oshiriladi.

Avtomobil oldi-sotisida mashina narxiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar ustidagi tadqiqotlar elektron tijorat saytlari va Uznet savdo maydonchalaridagi ma’lumotlariga asoslandi. Ma’lumotlar 20 mingga yaqin transport vositalarning narxi, modeli, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel turi, bosib o‘tgan yo‘li, rangi va boshqalar kabi parametrlardan to‘plandi.

Mashina narxiga avtomobil ishlab chiqarilgan yil ta’siri. Uzoq vaqt davomida O‘zbekistonda avtomobillar narxi ishlab chiqarilgan yiliga bog‘liq emas edi. Ammo vaqt o‘tib, bu o‘zgarishlar ro‘y berdi. Hozirda, minilgan mashinaning narxi taxminan 600 dollargacha kamayadi.

Bir xil marka, pozitsiya, sotib olingan joy va rangga ega avtomobillarni taqqoslaganda bir yil davomida haydalgan mashina narxi o‘rtacha 300-400 dollargacha pasayishi mumkin.

Biroq, bosib o‘tilgan masofa narxga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu ko‘p uchraydigan odometrdagi indikatorni orqaga burish qo‘yish holatlari bilan izohlanadi.

Shuningdek, avtomobil narxiga haydovchi tomonidan o‘rnatilgan aksessuarlar quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:

Tonirovka – 220 dollargacha;
Konditsioner – 170-200$;
Audio tizim – 100-120$;
Bluetooth – 240$;
Optika – 420$.

Ammo, ishlatilgan avtomobil narxiga signalizatsiya, pardalar, tuman chiroqlari, ksenon, yorug‘lik sezgichlari, rul gidravlikasi mavjud va mavjud emasligi deyarli ta’sir qilmaydi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.