Ishlab chiqarilganiga 10 yil bo'lgan eng yaxshi avtomobillar ro'yxati tuzildi

Ishlab chiqarilganiga 10 yil bo'lgan eng yaxshi avtomobillar ro'yxati tuzildi

Consumer Reports nashri 2012-yilda ishlab chiqarilgan eng yaxshi sedanlar roʻyxatini e’lon qildi.  Mutaxassislar ushbu ro‘yxatni tuzishda avtoishqibozlarning o‘z avtomobillaridan qay darajada qoniqishlarini e’tiborga olishgan. 

Yetakchi qatorni 2012-yilda ishlab chiqarilgan Corolla, Avalon va Camry modellari bilan Toyota brendi egalladi. Ayni paytda AQShning ikkilamchi bozorida ushbu avtomobillarning eng qimmati-Avalonning o‘rtacha narxi 13 525 dollargacha. Bundan tashqari, Lexus ES egalari (narxi14 ming dollargacha) bu rusumdagi avtomobillarni hashamatli saloni va tejamkorligi (100 km.ga 10,2 litr) bois yoqtirishlarini e’tirof etishgan.

Keyingi o‘rinni  quvvati 272 ot kuchi bo‘lgan, V6 ko‘rinishidagi kuch qurilmasiga ega Mazda 6 (narxi 11,2 ming dollar) band etgan. Avtomobil 100 km.ga 9,4 litr yonilg‘i sarflaydi. Acura TL biznes sedani esa (narxi 14,1 ming dollar) hashamdor ichki bezak bilan jihozlangan va u 100 km.ga 10,2 litr yonilg‘i sarflaydi. Shunindek, 12,5 ming dollarlik Honda Accord sedani ham 100 km.ga 9 litr yonilg‘i sarflashi bois avtomobil egalarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

Xuddi shu yonilg‘i sarfi bois- Acura TSX avtomobilining 2012 yilgi versiyasini (narxi 13,9 ming dollar) ham so‘rov ishtirokchilari ishonchli, tejamkor va xavfsiz deb hisoblashadi. Ushbu ro‘yxatga Infiniti G  avtomobili  (narxi 10,6 ming dollar) Nissan 370Z sportkari bilan bir xil dvigatel bilan jihozlangani uchun kiritildi. Biroq, qoniqarlilik darajasi bo‘yicha u yomonroq bo‘lib chiqdi.

To‘liq tortuvchi Subaru Legacy avtomobili narxi qimmatroq bo‘lishiga qaramay, ro‘yxatdagi  avtomobillar orasida yonilg‘i sarfi kamligi  (100 km.ga 8,7 litr) bois eng yaxshi avtomobillardan biri sifatida ajralib turibdi.  Ikkilamchi bozorda bu avtomobilning narxi 15 ming dollar.

Ro‘yxatda Mercedes-Benz E-Class ham bor. Bu eng qimmat model bo‘lib, o‘rtacha narxi 27500 dollardan yuqori. Avtomobil eng zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. 10 yillik xizmat muddati davomida eng yuqori reytingga sazovor bo‘lgan yagona mashina bu- Buick La Crosse (narxi 12,7 ming dollar) deya e’tirof etildi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.