Iste’molchilar agentligi «Captiva 5» masalasida «UzAuto Motors» va dilerlik korxonasini sudga berdi

Iste’molchilar agentligi «Captiva 5» masalasida «UzAuto Motors» va dilerlik korxonasini sudga berdi

«UzAuto Motors» fuqarolarning oldindan pulini olib, «Captiva 5» avtomobilini yetkazib berishni va’da bergandi. Biroq turli baxonalar bilan va’dasini bajarmay, iste’molchilarga «Captiva 5»ni yetkazib bera olmasligini e’lon qildi va qisman kompensatsiya evaziga pullarini qaytarib berdi, ayrimlari boshqa avtomobil olishdi.

Kompaniyaning iste’molchilarni oyoq osti qilishi birinchi marta emas va bunga ko‘pchilik xafsalasiz ko‘z yumib qo‘ya qolgan.

Biroq kompaniyaning bunday «o‘yin»lariga ko‘z yummaganlar ham bor. Ular oldindan pulini olib, «Captiva 5»ni bermagan kompaniyaning firibgarona o‘yinlariga rozi emas.

O‘z o‘rnida Iste’molchilar agentligi ularning murojaatini o‘rganib, fuqaroning huquqlarini himoya qilish kerak, degan qarorga keldi va O‘.Qaxxarovning manfaatlarini himoya qilib, «UzAuto Motors»  AJga qarashli «Avtorum» MCHJni fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga bergan.

Da’voda asosiy javobgar «Avtorum» MCHJ, qo‘shimcha javobgar   «UzAuto Motors»  AJ.

Suddan javobgarlar zimmasiga fuqaro O‘.Qaxxarov bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha «Captiva 5» avtomashinasini fuqaroga yetkazib berish majburiyatini yuklash, har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz penya undirish so‘ralgan.

Dastlabki sud shu yilning 5 avgust kuni bo‘lishi kerak edi, lekin javobgar kelmagani uchun sud qoldirilgan. Navbatdagi sud 17 avgust soat 15.30ga tayinlangan.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.