Italiyada arzon 1962-yilda Lamborghini sotib olishingiz mumkin, faqat...

Italiyada arzon 1962-yilda Lamborghini sotib olishingiz mumkin, faqat...

1962-yilda ishlab chiqarilgan Lamborghini 1R traktori Car&Classic kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Mashina eskirgan ko'rinadi, lekin yuradigan holatda. Odatda, bunday mashinalar  taxminan 20 000 yevroga sotiladi.

Lamborghini avtomobil kompaniyasi 1963-yilda tashkil etilgan va uning yaratuvchisi Ferruccio Lamborghini Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin traktorlar ishlab chiqarish bilan bsohlagan. Model 1R eng mashhur va muvaffaqiyatli modellardan biri bo'lib, soddaligi, ishonchliligi va arzonligi uchun qadrlanadi.

Traktor 1,5 litr hajmli va 26 ot kuchiga ega Bosch mexanik inyeksiyali ikki silindrli dizel dvigatel bilan jihozlangan. Transmissiya 3 pog'onali uzatmalar qutisi (to'liq sinxronlashtirilgan) va 2 pog'onali uzatma qutisiga ega. Maksimal tezlik soatiga 21 km ga etadi. Qishloq xo'jaligi texnikasini haydash uchun quvvat olish shaftasi mavjud.

Tashqi tomondan, traktor qayta tiklanmagan, shuning uchun yangi egasi tanlovga ega bo'ladi: uni muzey ko'rinishiga keltirish yoki uni asl holatda qoldirish. Biroq, texnik jihatdan mashina yaxshi holatda. Unda yangi shinalar, xizmat ko'rsatilgan bloklar, almashtirilgan optika, ba'zi quvurlar, g'ildirak podshipniklari bor. Ta'mirlanmagan yagona narsa - mexanik tormozlar.

Ma'lumot o'rnida, Minneapolis-Moline UDLX traktori Mecum kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ulardan faqat 150 tasi 1930-yillarda yig'ilgan. Avtomobil o'sha yillardagi avtomobillar asosidagi qishloq xo'jaligi texnikasi uchun noodatiy bo'lgan nafis salon dizayni bilan ajralib turadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!