Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Hukumat qarori (16.09.2022 y. 507-son) bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

✅ Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:

🔹1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
🔹1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
🔹1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
🔹Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
🔹haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
🔹ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

📝 Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🗓 Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.

⚠️ Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

🔰Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

▫️Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023-yil 1-yanvardan;
▫️respublikaning barcha shaharlarida – 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.

☑️ Eski namunadagi guvohnomalar 2023-yil 1-sentabrgacha o‘z kuchini saqlab qoladi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#автобус